Rossiya Davlat dumasining rasmiy so‘roviga javoban, Mudofaa vazirligi Suriyada shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tab kelgan Vadim Kostenkoning o‘limi munosabati bilan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza marhumning tanasida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik izlarini topmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligining stats-sekretari Nikolay Pankov deputat Valeriy Rashkinga yozma ravishda rasmiy javob berar ekan, kichik serjant Kostenkoning o‘limiga “yoqtirgan qizi bilan o‘rtada kelib chiqqan tushunmovchilik” sabab bo‘lganligini ma’lum qildi.
Ayni paytda, Kostenkoning o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Tergov boshqarmasining Krasnodar garnizon tergov bo‘linmasi tomonidan olib borilmoqda.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, harbiy qismda harbiylarning hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan barcha shart-sharoit mavjud.
Izoh (0)