Moskvaning Tushinskiy tumani sudi “Yandeks” kompaniyasining sobiq xodimi Dmitriy Korobovni intellektual mulklarni o‘g‘irlashda aybdor deb topdi va shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Korobov serverdan qidiruv tizimining boshlang‘ich kodi va algoritmlarini o‘z ichiga olgan “Arkadiya” dasturiy ta’minotini ko‘chirib olib, ularni sotishga uringan. U maxfiy ma’lumotni “NIKS korxonasi” kompaniyasiga taklif qilgan, shuningdek, uni darknetda va xakerlik forumlarida sotishga harakat qilgan, u yerda u Federal xavfsizlik xizmati e’tiboriga tushgan.
O‘g‘irlangan intellektual mulk uchun Dmitriy Korobov 25 ming dollar va 250 ming rubl (taxminan 3,5 ming dollar) narx belgilagan, so‘ng xaridorga uchrashish joyi va vaqtini aytgan. Oldi-sotdi qilmoqchi bo‘lganida erkak FXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)