Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida, eksport qilinayotgan xomashyo narxlarining uzoq vaqt davomida arzon bo‘lishi, shuningdek, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarning ham uzoq davom etishiga hukumat tayyorlanishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Eksport qilinayotgan xomashyoning arzon narxlarda bo‘lishi va tashqi cheklovlar muddatining cho‘zilishi mumkinligiga tayyor bo‘lish kerak. Biz mavjud imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, natijaga erishishimiz lozim. Mazkur qiyinchiliklar iqtisodiyot va ijtimoiy soha samaradorligini oshishiga xizmat qilishi kerak”, ― dedi prezident.
Avvalroq, neftning narxlari 40 dollardan pastga tushib ketganligi sababli, hukumat budjetni qayta ko‘rib chiqish ehtimoli borligini ma’lim qilgan edi.
Izoh (0)