Uzcard milliy to‘lov tizimi Payment Card Industry Data Security Standard xalqaro xavfsizlik standartining 3.1 to‘lov kartalari ma’lumotlarini qayta ishlash va yetkazish qismi talablariga muvofiqlik bo‘yicha QSA-sertifikatsiyaviy auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Muvofiqlik Compliance Control Ltd. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan yillik QSA-auditi natijalari bilan tasdiqlandi.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ QK direktor o‘rinbosari Farrux Ziyayevning ta’kidlashicha, plastik kartochkalar uchun protsessing xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash Uzcard uchun muhim hisoblanadi.
Chunki ushbu to‘lov tizimi kelajakda O‘zbekiston aholisining servis va xizmatlar tezkorligi va interaktivligidan foydalanishda qulayliklar yaratish yuzasidan bir qator loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Compliance Control kompaniyasi tufayli audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tgan Uzcard milliy to‘lov tizimi o‘z mutaxassislarining yuqori professionalligini ko‘rsatib, bor-yo‘g‘i o‘n oy ichida mijozlari kartochka ma’lumotlarining yuqori darajada himoyalanganligini tasdiqladi.
Izoh (0)