O‘tayotgan yilda teleobyektivlar nishoniga tashqi siyosat bo‘yicha nyusmeykerlar ko‘proq tushgan bo‘lsa, gazetalarda iqtisodiyot bo‘yicha spikerlar ko‘p gavdalangan. Bu haqda siyosatchilar tilga olinishi bo‘yicha “Medialogiya” reytingiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ekspertlar barcha OAVlarni uchta guruhga ajratdi: federal televideniye, federal matbuot va internet-nashrlar. Ularning barchasida prezident Vladimir Putin birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinlarni internet-nashrlar va matbuotda Dmitriy Medvedev band etdi. Televideniyedagi ikkinchi pog‘onani birinchi marta tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov egalladi, Medvedev uchinchi bo‘ldi.
Reytingda yuqori o‘ntalikka mudofaa vaziri Sergey Shoygu, liberal-demokratik hamda kommunistik partiyalar yetakchilari Vladimir Jirinovskiy va Gennadiy Zyuganov, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markin va boshqalar kirdi.
Izoh (0)