Amerikalik mashhur xonanda Ledi Gagaga Rojdestvo sovg‘asi sifatida oq ot taqdim etildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi va pushti tasma bilan o‘ralgan jonivorning suratini joylashtirdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Gagaga antiqa sovg‘ani uning albomlarini chiqarish bilan shug‘ullanadigan Interscope ovoz yozish studiyasi tortiq etdi. Qo‘shiqchi ot minib turgan holatdagi suratini e’lon qilishga ham ulgurdi. “Men u bilan butun umr tanishdekman. Jonivor menga nimanidir ko‘rsatmoqchidek tuyuladi”, — deya sahifasida yozuv qoldirgan Gaga.
Izoh (0)