“Rokki” va “Rembo” filmlari bilan bog‘liq buyumlar savdoga qo‘yilgan auksion 3 million dollar daromad keltirdi, deya xabar beradi Associated Press.
Silvestr Stallonening shaxsiy garderobidagi Rokkining teri kostyumi 149 ming dollarga sotildi, aktyor “Rembo: birinchi qon” filmida paydo bo‘ladigan poncho (o‘rtasida bosh uchun joy qoldirilgan mato) esa 60 ming dollarga xaridorini topdi.
Auksion uch kun davomida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Stallone uning ochilish kuni ishtirok etdi. Savdolardan tushgan mablag‘ning bir qismi urush faxriylar jamg‘armasiga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)