Amerikalik aktyor Nikolas Keyj kimoshdi savdosida 276 ming dollarga sotib olgan, biroq o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqan Tyrannosaurus bataar dinozavri bosh suyagini AQSh hukumatiga topshirishga rozi bo‘ldi. Artefakt Mo‘g‘ulistonga — o‘zi topilgan joyga qaytariladi, deb yozadi Reuters.
Aktyor bosh suyagini 2007-yilda Kaliforniya shtati Beverli-Xillz shahridagi I. M. Chait galereyasida sotib olgan, unga xaridning haqiqiy ekanligini tasdiqlovchi sertifikat ham berilgan edi.
2014-yil iyulida AQSh milliy xavfsizlik vazirligi Keyjni u sotib olgan bosh suyagi o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabardor qildi. Keyinroq buyum Mo‘g‘ulistondan noqonuniy ravishda keltirilgani aniqlandi va aktyor uni qaytarishga rozi bo‘ldi. Nikolas Keyj hech qanday qonunbuzarlikda ayblanmadi.
Izoh (0)