AQShning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivens Vashington Rossiya yuridik va jismoniy shaxslarining sanksiya ro‘yxatini kengaytirmaganligi, faqat avvalgisiga aniqlik kiritganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Bu normal jarayon. Chunki yuridik shaxslar cheklovlarni aylanib o‘tib, sanksiya ta’sir doirasidan chiqishga urinmoqda. Cheklovchi choralarimizning samaradorligini oshirish uchun biz vaqti-vaqti bilan ushbu ro‘yxatni aniqlashtirib turishimiz zarur”, — dedi Stivens.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh ushbu harakatni sanksiya qo‘llash jarayonining davomiy bosqichi deb hisoblab, buning uchun keskinlikni kuchaytirishga sabab ko‘rmaydi.
Avvalroq Amerika hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi ro‘yxatini tasdiqlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)