Bir necha yil avval Seymni portlatishga uringan Polsha fuqarosi Brunon Kvetsen 13 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Krakov sudi 21-dekabr kuni sudlanuvchini Seymni portlatishga tayyorgarlik ko‘rish va talabalarni jinoyatni sodir etishda qatnashishga jalb etishda aybdor deb topdi.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Krakov Qishloq xo‘jaligi universitetining sobiq o‘qituvchisi SKOT kabi bronetransporterni bir necha tonna portlovchi vosita bilan to‘ldirib, uning yordamida parlament binosiga kirib borib, u yerni portlatishni rejalashtirgan. Hukumat a’zolari, deputat va senatorlar suiqasd nishoniga aylanishi maqsad qilingan.
Brunon Polsha Ichki xavfsizlik agentligi xodimlari tomonidan 2012-yilning noyabrida qo‘lga olingan edi. Birinchi sud jarayoni ikki yilga yaqin davom etdi. 120 ta sud majlisi davomida 100 ga yaqin guvoh so‘roq qilindi.
Kvetsen teraktni rejalashtirganligini tan oldi, biroq bu provokatsiya bo‘lganligi, uni bu suiqasdga Ichki xavfsizlik agentligi bilan bog‘liq shaxs jalb etganligini ta’kidladi.
Izoh (0)