O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yil 21-dekabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur forumning kun tartibiga ko‘ra Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan turli sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi hamda YeIning Markaziy Osiyo uchun Strategiyasini amalga oshirish jarayoni va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.
Yalpi majlis va boshqa shakllar doirasida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)