2015-yilning 24—25-dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalarining siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyalarga tashqi siyosat idoralarining rahbarlari o‘rinbosarlari boshchilik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Tojikiston siyosiy maslahatlashuvlari aslida 17—18-dekabrda o‘tkazilishi kerak edi, biroq ikki tomonning kelishuviga ko‘ra keyinroq muddatga qoldirilgandi.
Izoh (0)