Qashqadaryo viloyatida 31-oktabr kuni Alan siquv kompressor stansiyasini ishga tushirish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”. Stansiya yiliga 5 milliard kubometr gaz ishlab chiqara oladi.
Ushbu loyihaning ishga tushirilishi Alan konidagi qoldiq zaxiralarni qazib olish evaziga tabiiy gaz va kondensat qazib olish hajmini ko‘paytirish imkonini beradi.
Siquv kompressor stansiyasi Alan gaz konini uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha jami 178,3 million dollarlik loyiha doirasida qurildi.
Alan koni 1970-yillarning ikkinchi yarmidan buyon ishlatiladi.
Izoh (0)