“Daryo”da doimiy rukn — har ish kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Toshkent shahar hokimligi aholiga Yangi yilni uyda nishonlashni tavsiya qildi. Shahar hokimligi restoran va kafelarni 31-dekabr kuni yopib qo‘yish bo‘yicha yozma buyruq yoki tavsiyalar berilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
2. Brent turidagi neft narxi 36,2 dollardan pastlab, 2004-yil iyunidagi minimum ko‘rsatkichni yangiladi. Ekspretlar hisob-kitobiga ko‘ra, dunyo neft bozorlarida xomashyo taklifining talabdan ko‘ra oshiqligi 2016-yil oxiriga qadar saqlanib qoladi.
3. Samarqandcha Lacetti: oldi Chevrolet Gentra, orqasi Buick Excelle. Avtohavaskorlar uchun kunning eng muhim yangiliklaridan biri. Aytishlaricha, 2016-yildan o‘zbekistonlik xaridorlarga aynan shunday Lacetti’lar tarqatiladi.
4. O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida aloqa sifatini ta’minlashga e’tibor qaratiladi. Mobil operatorlar esa, o‘tgan yillarning tajribasidan kelib chiqib, 31-dekabr kuni yaxshilab ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandik.
5. Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi. Blatterning so‘zlariga ko‘ra, agar JCh—2022 mezbonligi Qatarga emas, AQShga berilganida edi, hozir hammasi avvalgidek tinch davom etayotgan bo‘lardi.
Izoh (0)