Tunisning shimolidagi Bizerta hududida harakatlanuvchi terrorchi tashkilotlarning faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan to‘rt nafar kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi (IIV) bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Vazirlikning bayon qilishicha, terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmat kuchlari va IIV hamkorligida qizlarni yollash va ularni jang hududlariga yuborish bilan shug‘ullanadigan terrorchilik guruhi fosh etilib, bartaraf qilindi.
Bundan tashqari, IIV ma’lumotiga ko‘ra, milliy gvardiya va Tunis politsiyasi kuchlari tomonidan 2015-yil 20-dekabrdan 21-dekabrga o‘tar kechasi har xil jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilingan 23 nafar odam qo‘lga olindi.
18-dekabr, juma kuni Tunis Ichki ishlar vaziri Najem Garsali, bayramlar arafasida Tunis hududida terakt sodir bo‘lishi xavfi oshganligi sababli, eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash rejimini joriy qildi.
Izoh (0)