O‘zbekiston milliy paraolimpiya assotsiatsiyasi 2016-yilgi Paraolimpiya o‘yinlariga yana ikki litsenziyani qo‘lga kiritdi: xalqaro paraolimpiya qo‘mitasi tomonidan yengil atletika va suzish bo‘yicha litsenziyalar ajratildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Assotsiatsiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunga kelib O‘zbekiston vakillarida sportning dzyudo, suzish, yengil atletika, o‘q otish va pauerlifting kabi turlari bo‘yicha jami 24 ta litsenziya mavjud.
Izoh (0)