FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter va UEFA prezidenti Mishel Platini 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirildi. Germaniyalik mutaxassis Xans-Yoaxim Ekkert boshchiligidagi FIFA Axloq qo‘mitasi shunday qaror chiqardi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
FIFA 2009-yilda Mishel Platini hisob raqamiga 2 million Shveysariya franki miqdorida pul o‘tkazib bergan. Mutasaddilar bu pulni Platini 9 yil davomida FIFAda maslahatchilik lavozimida ishlagani uchun og‘zaki kelishuv asosida o‘tkazilganini ta’kidlab kelayotgan edi. Aynan mana shu noqonuniy o‘tkazma ularga nisbatan ish ochilishiga, oxir-oqibat esa 8 yilga futboldan chetlashtirilishiga olib keldi.
Shuningdek, Blatterga 50 ming, Platiniga 80 ming Shveysariya franki miqdorida jarima solindi.
Izoh (0)