Hindistonning Kalkutta shahrida mamlakat hududida sigirlarni muhofaza qilish va ularni so‘yilishiga e’tiborni jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan tanlov nihoyasiga yetdi. Bu haqda Mashable bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Tanlov ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining shaxsiy sahifasida #selfiewithgomata (#onasigirbilanselfi) xeshtegini ilova qilgan holda, sigirlar bilan birga tushgan selfi suratlarini chop etib keldi. Bir oy davom etgan tanlov Go Seva Parivar kompaniyasi tomonidan noyabrda uyushtirildi.
Hindistonda eng ko‘p tarqalgan din – induizmda, sigirlar “Gau mata” (asos soluvchi ona-sigir) deya atalib, muqaddas hayvon hisoblanadi. Hindistonning ko‘plab shtatlarida sigirni so‘yish taqiqlangan.
Izoh (0)