Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatter tashkilotning Axloq qo‘mitasi arbitraj palatasi undan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni olib tashlaganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi rahbari o‘zini xushmuomalalik bilan tutdi. U korrupsiya bo‘yicha ayblov qaytarib olinganini aytdi”, — dedi Blatter.
Blatter FIFA prezidenti ekanligida vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qarashda ham ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshida Blatter va UEFA prezidenti Mishel Platini 90 kunga futboldan chetlatilgan edi.
Izoh (0)