Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Chunsin shahridagi Yanszi daryosida 17-dekabr, payshanba kuni cho‘kib ketgan barja (yassi yuk kemasi) quruqlikka olib chiqilganda, undan sakkiz kishining jasadi topildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ayni paytda oltita kema yana bir qurbonning jasadini topish maqsadida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
17-dekabr, payshanba kuni “Chjenan-201” barjasi suvosti ishlarini bajarish uchun Chunsinda to‘xtagan edi. Ekipaj a’zolaridan biri uyiga ketgan va ertasi kuni qaytib kelgach barjani joyidan topa olmagandi. Mahalliy hukumat darhol qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)