Misr sudi mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy aks etgan karikaturani Facebook’ga joylashtirgan 22 yoshli misrlikni uch yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Amr Noen tomonidan ijtimoiy tarmoqqa chiqarilgan karikaturada Misr prezidenti Mikki Maus quloqlari bilan birga aks etgan.
Ishi harbiy sudga oshirilishi arafasida, huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talaba Noenning muddatli harbiy xizmatni yakunlashiga atigi besh kun qolgandi.
Harbiy prokuror 22-avgust kuni unga nisbatan ayblov xulosasini e’lon qilgan. Oradan to‘rt oy o‘tar-o‘tmas, Noen qurolli kuchlar harbiy xizmatchisi uchun noloyiq harakati uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Daily Mail’ning yozishicha, harbiy tergovchilar yigitni “amaldagi hokimiyatga qarshi qaratilgan fikrlar”da ham ayblagan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, talaba armiyadagi og‘ir sharoitlardan noligan.
Hozirgi vaqtda Amr Noen Iskandariya yaqinidagi Burj al-Arab qamoqxonasida saqlanmoqda. Qayd etishlaricha, mamlakatning ag‘darilgan prezidenti Muhammad Mursiy ham shu yerda jazoni o‘tamoqda.
Izoh (0)