Rossiya qurolli kuchlari Suriyada IShIDga qarshi operatsiya davomida barcha imkoniyatlaridan foydalanganicha yo‘q. Bu haqda 19-dekabr, shanba kuni xavfsizlik organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Biz uchuvchilarimiz, razvedkachilarimiz qanchalik samarali ishlayotgani, armiya, flot, aviatsiya harakatlarini o‘zaro nechog‘li muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib borayotgani, eng zamonaviy qurol-yarog‘dan fodalanayotganini ko‘rib turamiz. Bu hali barcha imkoniyatlar ishga solindi degani emas. Bizda qo‘shimcha vositalar ham bor, kerak bo‘lsa ulardan ham foydalanamiz”, — deya ta’kidlagan Putin.
Izoh (0)