2015-yil davomida Rossiya xavfsizlik xizmati idoralari 320 nafardan ziyod xorijiy razvedka xizmati xodimlarini fosh qildi. Bu haqda 19-dekabr, shanba kuni xavfsizlik organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya “RBK” xabar qilmoqda.
“Joriy yil davomida xodimlarimiz tomonidan 320 nafardan ziyod xorijiy davlatlar maxsus xizmatining doimiy xodimlari va agentlarini fosh qilindi. Ko‘rib turganimizdek, bir qator mamlakatlar Rossiyaga nisbatan bo‘lgan ishlarini kuchaytirmoqda”, ― dedi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiya maxsus xizmatlari bu chaqiruvlarga munosib javob bera oladigan darajada bo‘lib, harbiy kuchlar Rossiya Harbiy kuchlarining imkoniyatlarini oshirish maqsadida faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Putin shu marosimda Rossiya qurolli kuchlari Suriyada IShIDga qarshi operatsiya davomida barcha imkoniyatlaridan foydalanmaganini aytgandi.
Izoh (0)