Fransiyaning Air France aviakompaniyasi samolyoti bortida topilgan shubhali buyum haqiqatan ham portlovchi qurilma bo‘lib chiqdi. Bu haqda The Independent nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Portlovchi moslama Keniyaning Harbiy-dengiz kuchlari harbiylari tomonidan aeroportdan uzoqda, xavfsiz bo‘lgan joyda portlatib yuborish uchun olib ketildi. Bundan tashqari, mamlakatning xavfsizlik xizmati vakillari ikki nafar shubhali bo‘lib ko‘ringan yo‘lovchini so‘roqqa tutgan. Aeroport hududi o‘rab olinib, parvozlar vaqtincha to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, Air France aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyoti, layner hojatxonalarining birida shubhali buyum topilganidan so‘ng, Keniyaning Mombasa shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan edi.
Izoh (0)