Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chimkentlik Dariya va Yerkebulan Joldasovlar dabdabali to‘y marosimi o‘rniga 300 kishilik osh tarqatdi. Shaharliklar avvaliga palov bepul ekanligiga ishonmadi, keyin esa mazali taomga navbat paydo bo‘ldi. Bu haqda “Radiotochka” xabar bermoqda.

Foto: “Radiotochka”

Foto: “Radiotochka”

“Kelin-kuyov to‘y uchun odatda ko‘p pul sarflaydi. Avtomobillar ijarasini o‘zi qanchaga tushadi. Bu pullarni havoga sovurish bilan barobar. Biz yuzlab odamlarni ovqatlantirishni ma’qul topdik”, — deya ta’kidlaydi Yerkebulan Joldasov.

Bu Chimkentda to‘y marosimi uchun mo‘ljallangan mablag‘ xayriya maqsadlarida sarflanayotgan birinchi holat emas. Bir necha hafta avval Meirman va Saniya Sauranbek bolalarni moslashtirish markazida to‘y o‘tkazdi: kelin-kuyov markaz tarbiyalanuvchilari uchun dasturxon yozdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi