AQSh Turkiyaning Injirlik shahri yaqinidagi harbiy bazasidan 12 ta F-15 rusumli Eagle va Strike Eagle (qiruvchi-bombardimonchi) turidagi harbiy samolyotlarini olib chiqib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQShning Yevropa harbiy qo‘mondonligi xabarida ta’kidlanishicha, samolyotlar 2015-yil noyabr oyida ushbu bazaga vaqtincha yuborilgan edi. Harbiy samolyotlar Turkiyaning Belek shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida xavfsizlikni ta’minlab turgan.
Eslatib o‘tamiz, IShID jangarilari 15—16-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya viloyatida bo‘lib o‘tgan G20 sammiti chog‘ida teraktlar sodir etish rejasini ishlab chiqqan edi.
Izoh (0)