Ayollarga ajrashgandan keyin yarim yil davomida qayta turmushga chiqishni taqiqlovchi 1898-yildagi qonun Yaponiya Oliy sudi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topildi. Bu haqda Asian Review xabar qilmoqda.
Okayama prefekturasida yashovchi 30 yoshli ayol 2011-yilda sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Ayolning arz qilishicha, oilaviy ziddiyatlar tufayli 2008-yilda ajrashgach, u yangi nikohning qayd etilishini olti oy davomida kutganligi oqibatida, uning huquqlari poymol bo‘lib, ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Yaponiyalik ayol hukumatdan 1,65 million iyena (13,6 ming dollar) miqdorida ma’naviy zarar undirishni talab qildi.
Eski qonunni qabul qilishdan maqsad, ota-ona ajrashgandan keyin olti oy davomida ayol farzand ko‘rgan taqdirda, otalikni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan bahs-munozaralarni oldini olish bo‘lgan.
Izoh (0)