Parij markazidan 15 daqiqalik masofada joylashgan shohona Chateau Louis XIV hovli-joyi 275 million yevro (301 million dollar)ga sotildi, deya xabar bermoqda “RBK”. Xaridor noma’lum bo‘lib qolishni istadi, u asli Yaqin Sharqdan ekanligi ma’lum, xolos.
Oldi-sotdi summasi jahon ko‘chmas mulk bozorida yangi rekord o‘rnatdi.
Chateau Louis XIV Versal va Marli-le-rua oralig‘ida joylashgan bo‘lib, bu yerda qachonlardir Lyudovik XIV ning qarorgohlaridan biri qad rostlagan edi.
U o‘zining 23 gektarlik bog‘i maydoni o‘rtasida qurilgan. Uyning ichki maydoni bir necha ming kvadrat metrni tashkil etadi. Hovli-joyda vino saqlanadigan yerto‘la, kinoteatr, basseyn, ot minish uchun mo‘ljallangan maydon, bog‘ labirinti, oltin suvi yugurtirilgan haykalli favvora bor.
Izoh (0)