Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati arbitraj sudi “Sberbank” arizasi bo‘yicha “Transaero” aviakompaniyasiga nisbatan kuzatuv jarayonini ishga tushirdi. Shu tariqa, sud aviakompaniyani bankrot deb topish jarayonini boshladi, deb xabar beradi Meduza.
Sudya “Sberbank”ning “Transaero”ni bankrot deb topish va undan 442 million 473 ming rubl undirish haqidagi talablarini asosli deb topdi.
“Transaero”ning kreditorlar oldidagi jami qarzi 250 milliard rubldan ortiqdir. “Sberbank” va “Alfa-bank” “Otkritiye” banki bilan birgalikda kompaniyaning yirik kreditorlaridan hisoblanib, ular kompaniyani bankrot deb topish haqida ariza bergan.
Bundan tashqari, sudga “Aeroflot” kompaniyasi ham murojaat qilgan bo‘lib, u “Transaero” yo‘lovchilarini tashish uchun sarflangan xarajatlarni qoplashni talab qilmoqda.
Izoh (0)