Xarkovdagi (Ukraina) marshrut avtobuslaridan birida olingan surat ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lib ketdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Xo‘jayini bilan birga transportda ketayotgan poni oti guvohlar e’tiborini o‘ziga tortdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari haydovchi jonivorni jamoat transportiga qo‘yganiga hayron bo‘lgan va salonning anchagina qismini egallagan poni uchun qo‘shimcha yaxshigina haq undirilganini taxmin qilgan. Izohlarga ko‘ra, otni Funtik deb atashadi.
Izoh (0)