Pokistonda qotilligi uchun oliy jazoga hukm etilgan sakkiz nafar mahbus qatl etildi. Bu haqda Express Tribune manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Mo‘lton, Baxavalpur va Gujarotda ikki nafardan, Attoka va Dera G‘ozi Xonda bir nafardan mahbus osish orqali qatl etildi”, — deya ma’lum qilgan Panjob viloyati qamoqxonalar ishi vazirining maslahatchisi Choudxri Arshad Said.
2014-yil, 16-dekabrda sodir bo‘lgan Peshovardagi maktabga hujumdan so‘ng (mazkur teraktda 150 dan ziyod kishi halok bo‘lgan) Pokistonda o‘lim jazosi tiklandi. Oldiniga faqat terrorizmda ayblangan jinoyatchilar qatl etildi, biroq martdan boshlab oliy jazo barcha og‘ir jinoyatlarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Pokiston qatl etilganlar soni bo‘yicha rasmiy statistikani e’lon qilmaydi, ammo huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga kelib ularning soni 300 kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)