BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil Shayx Ahmad 15-dekabr, seshanba kuni Shveysariyada yopiq tartibda o‘z ishini boshlagan qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar mobaynida mamlakatda o‘t ochishning to‘xtatilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Bu haqda BMTning Jenevadagi bo‘linmasi matbuot kotibi Ahmad Fauziy ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“BMT Bosh kotibining maxsus vakili Yamanda harbiy harakatlar to‘xtatilishini e’lon qildi va buni mamlakatda tinchlik hukm surishi sari qo‘yilgan muhim qadam, deb hisoblamoqda. U tomonlarni ushbu tashabbusni hurmat qilish va BMT shafe’ligida mojaroga barham berish ustida ishlashga chaqirdi”, — deya ta’kidlagan Fauziy.
Muzokaralarda jami 24 nafar ishtirokchi — har bir tomondan 12 nafar vakil qatnashmoqda.
Izoh (0)