Euronews telekanalida O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va sayyohlik infratuzilmasi haqidagi Uzbekistan life dasturlar namoyishi davom etmoqda. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Ko‘rsatuvning yangi soni tarixi 2500 yilni o‘z ichiga oluvchi qadimiy Termiz shahrining noyob me’morchiligiga bag‘ishlandi.
Ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, Termiz O‘zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan bo‘lib, u bir paytlar Markaziy Osiyo buddizmining yuragi va Buyuk Ipak yo‘lining bekatlaridan biri bo‘lgan.
Ko‘rsatuvda, shuningdek, 2000 yil avval Kushon podsholigi davrida barpo etilgan ibodatxonalar majmuasi Fayoztepa haqida hikoya qilindi.
Euronews telekanali Dalvarzintepa haqida ham so‘z yuritib, u miloddan avvalgi uchinchi asrda barpo etilgan Termiz hududidagi ilk shaharlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Euronews telekanalida 17-noyabr kuni Uzbekistan life dasturining “Buxoroning boy hunarmandlik merosi” deb nomlangan yangi qismi efirga uzatilgan edi.
Izoh (0)