Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shimoliy Koreyaning Keson shahrida 11—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlandi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

 

Agentlikning bildirishicha, muzokaralar chog‘ida Shimoliy Koreya janubliklarning Kimgansan kurort hududiga safarlarini uyushtirish, 1950—1953-yillardagi Koreya urushi oqibatida ajralgan oilalarni birlashtirish, turli yo‘nalishlarda nodavlat muloqotlarini faollashtirish kabi takliflar bilan chiqqan, biroq Janubiy Koreya tomoni ularni muhokama etishdan bosh tortgan va muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Muzokaralarda ishtirok etgan Janubiy Koreyaning birlashish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Xvan Bu Gining ta’kidlashicha, janubliklar urush tufayli bo‘lingan oilalar masalasida aniq kelishuvga erishishga harakat qilgan, biroq shimolliklar ushbu muammoni Kimgansan tog‘larida o‘zaro sayyohlik loyihasini qayta tiklash masalasi bilan bog‘lagan. Janub esa bunga qat’iyan qarshi chiqqan.

Muloqot yakunlari bo‘yicha yakuniy bayonot imzolanmadi. Tomonlar o‘zaro maslahatlashuvning yangi sanasini ham belgilamagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi