Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida Yaponiya olimpiyachilari bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dubaydagi yig‘inlar doirasida o‘tkazilgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi durang natija bilan yakun topdi. O‘yinda hisob ochilmadi — 0:0.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12–30-yanvar kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turnirning guruh bosqichida O‘zbekistonga Iroq, Janubiy Koreya hamda Yaman olimpiya terma jamoalari raqib bo‘ladi.
Oldinroq Dubaydagi yig‘in doirasida O‘zbekiston olimpiya termasi BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etgandi.
Nazorat uchrashuvi
Izoh (0)