“Real” (Madrid) yetakchisi Krishtianu Ronalduning ta’kidlashicha, unda “Oltin to‘p-2015” mukofotini qo‘lga kiritish uchun hamma imkoniyatlar bor. Bu haqda “Stadion.uz” xabar berdi.
“Menimcha, o‘tgan mavsum men uchun yaxshi o‘tdi. Messi va Neymar ham o‘tgan mavsumni yomon o‘tkazishmadi: ular Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi. Albatta, navbatdagi ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritish men uchun qiyin bo‘ladi, biroq, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q”, - deydi Ronaldu.
O‘tgan mavsumda portugaliyalik futbolchi Ispaniya chempionatida 48 ta gol kiritib, eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Messi va Neymar La Ligada mos ravishda 43 va 22 tadan gol kiritgan.