Isyonchilarning nazoratida bo‘lgan Damashq shahriga tutashgan hududga havo raketasi uchirilganligi oqibatida 28 kishi, shu jumladan, ikki nafar bola va maktab direktori halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya Pravda” xabar qilmoqda.
Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, noma’lum harbiy samolyotlar Suriya poytaxtining shimoli-sharqidagi Duma shahriga zarba berdi. Suriya armiyasi tomonidan uchirilgan “havo-havo” turidagi raketalar esa yaqin tutashgan hududlarga, shu jumladan, Sharqiy Gutaga kelib tushdi.
So‘nggi oylarda bu hudud kuchli bombardimonlar ostida qolmoqda. Suriya armiyasi hukumat hududlariga hujum qilgan jangarilar ularning asosiy nishoni ekanligini ta’kidlamoqda.
SANA davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, Damashqning turar-joy kvartallariga uyushtirilgan minomyot zarbalari oqibatida uch nafar fuqaro halok bo‘lib, kamida 30 kishi tan jarohati olgan.
Izoh (0)