Rossiyaning federal trassalaridagi qatnov uchun to‘lov joriy etilishiga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazayotgan uzoq masofaga qatnovchi haydovchilar Ximki shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaatni yozib oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Biz Rossiyaning norozilik bildirayotgan uzoq masofaga qatnovchi haydovchilari 12 tonnadan ortiq yuk mashinalarining federal trassalar bo‘ylab qatnovi uchun to‘lovlar yig‘ish tizimini bekor qilish bo‘yicha referendum o‘tkazishni talab qilamiz”, — deyiladi videomurojaatda.
Norozilik bildiruvchilar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasining “Rossiyada hukumatning yagona manbasi uning ko‘p millatli xalqi hisoblanadi” deb ko‘rsatilgan 3-moddasiga asoslanmoqda.
https://www.youtube.com/watch?time_continue=77&v=AlIWff8iTl0
Izoh (0)