Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Muhojirlikda yashayotgan 40 yoshli Gannibal Qaddafiy Livanda garovga olindi, so‘ng o‘g‘rilar tomonidan vositachi orqali xavsizlik organlariga topshirildi, deya xabar bermoqda “TASS” “An-Nahor” gazetasiga tayanib.

Foto: EPA

Foto: EPA

Marhum Liviya rahnamosining o‘g‘li neft biznesi bilan shug‘ullanadi, u livanlik model Alina Skaffga uylangan bo‘lib, tez-tez Bayrutga kelib turadi.

Uni o‘g‘irlab ketganlar mahalliy shialar guruhlariga aloqador. Hodisa Liviyada 1978-yilda shialar imomi Muso Sadraning sirli ravishda g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘langan.

Gannibal garovda bir necha soat davomida bo‘ldi. U, avvalroq o‘g‘rilar tomonidan tarqatilgan videoyozuvda, undan g‘oyib bo‘lgan imom va uning ikki hamrohi haqida ma’lumot talab qilishganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi