Rossiya prezdenti Vladimir Putin 10-dekabr kuni USM kompaniyalari guruhining (“Metalloinvest”, “Megafon” va Mail.ru Group) egasi Alisher Usmonov bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Suhbat davomida Alisher Usmonov USM’ning 2015-yildagi jami daromadi 700—800 milliard rublni tashkil etganligini ma’lum qildi.
“Xomashyo materiallarining xalqaro narx-navosi bir necha martaga pasaydi, bu bizning Rossiya hududida ko‘rsatayotgan xizmatlarimiz bahosiga ham daxldordir. Biz hajman qisqardik, lekin joriy yilda xizmatlarimiz sotuv hajmi 700–800 milliard rublni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgidan kamroq, biroq yuqorida ta’kidlangandek, bu mahsulot bahosi bilan bog‘liq”, — dedi Usmonov.
U “Metalloinvest”ga qayta ishlangan mahsulotlar xomashyo mahsulotlariga qaraganda ko‘proq daromad keltirayotganligini ma’lum qildi.
Tadbirkor hukumat bugungi kunda aynan eksportning o‘sishi kuzatilayotgan sohalarga ko‘mak berishiga umid qilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)