Burundi poytaxti Bujumburdagi uchta harbiy bazaga 11-dekabr kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan kamida 12 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, yana 20 nafar jangari hibsga olindi. Hujum rejalashtirilgan umumiy harakatning bir qismi bo‘lib, uning maqsadi chalg‘itishdan iborat bo‘lgan. Asosiy maqsad esa, qamoqxonalardagi mahkumlarning qochishiga ko‘maklashish edi.
Hukumat rasmiylari bo‘lib o‘tgan voqeani diversiya deb atadi. Hujumlar bartaraf qilindi. Qamoqdan qochganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
To‘qnashuvlar, mamlakat prezidenti Pyer Nkurunziza uchinchi prezidentlik muddatiga harakat qilish haqidagi rejasini ma’lum qilgach, 2015-yil aprel oyidan buyon davom etmoqda. Tartibsizliklar oqibatida 240 dan ziyod kishi halok bo‘ldi. Hukumatni to‘ntarish maqsadida muvaffaqiyatsiz harakat bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)