Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Rossiya suriyalik turkmanlarga nisbatan yo‘naltirilgan hujumlarni amalga oshirib, Suriyaning Latakiya viloyatida etnik tozalash o‘tkazayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Davuto‘g‘lining so‘zlariga qaraganda, Rossiya shu tariqa Latakiya va Tartusdagi bazalarini, shuningdek, Suriya hukumat armiyasi pozitsiyalarini himoya qilishga urinmoqda.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya IShIDga qarshi kurashayotgani yo‘q. Bosh vazirning fikricha, Rossiya aviatsiyasi IShIDga qarshi kurash olib borayotgan Suriya muxolifatiga zarba bermoqda va bu bilan terrorchilarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)