Suriya shimolidagi Aleppo shahrining g‘arbiy qismida ommaviy otishma yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Al Mayadeen telekanalining aniqlik kiritishicha, hujum ekstremistik guruh tomonidan sodir etilgan. Bosqinchilik oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Jangarilar Aleppo g‘arbidagi yotoq kvartallariga qarata minomyotlar va raketa qurilmalaridan o‘t ochdi. Otishma 48 soat davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni Rossiyaning Aleppodagi yopilgan konsulligi binosi yaqinida avtomobil portlatilgan edi.
Izoh (0)