Forbes jurnali yilning eng ko‘p haq to‘lanuvchi musiqachilari reytingini tuzdi. Unda birinchi o‘rinni 2015-yilda 135 million dollar ishlab topgan amerikalik qo‘shiqchi Keti Perri egalladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, yil davomida qo‘shiqchi o‘zining Prismatic World Tour turnesi doirasida dunyo bo‘ylab 126 ta konsert bergan. Har bir chiqishi uchun Keti ikki million dollar atrofida daromad olgan. Bundan tashqari, reklama bo‘yicha bir nechta shartnomalari unga qo‘shimcha daromad keltirgan.
Ikkinchi o‘rindan britaniyalik pop-guruh One Direction joy oldi. O‘tgan yil davomida qo‘shiqchilar 130 million dollar ishladi.
Reytingning uchinchi o‘rnini yillik daromadi 90 million dollarni tashkil etgan amerikalik kantri ijrochi Gart Bruks egalladi.
Ro‘yxat o‘nligiga, shuningdek, Teylor Svift (80 million), The Eagles (73,5 million), Kelvin Xarris (66 million), Jastin Timberleyk (63,5 million), Diddy (60 million), Fleetwood Mac (59,5 million) va Ledi Gaga (59 million) kiritildi.
Izoh (0)