Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov o‘z kasbini yana o‘zgartirganini oshkor etdi, deb xabar qiladi “PopCorn.uz”.
Asli aktyor bo‘lib tanilgan Alisher Uzoqov keyinchalik rejissorlik va xonandalikda o‘zini sinagan. U 2013-yilda kino san’atini tark etib, futbolchilik bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.
Shunga qaramay, bundan bir necha oy ilgari “Kuzda gullagan daraxt” filmi orqali u yana ekranlarda ko‘rinish berdi.
So‘nggi kunlarda sport sohasida ham, san’at sohasida ko‘rinmay qolgan aktyor endilikda shoirlikka qo‘l urganini Stand up show konsert dasturida ma’lum qildi. Alisher Uzoqov buning isboti sifatida o‘z ijodidan to‘rt misra she’r ham aytib berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumganligi haqida yolg‘on xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)