AQShning Florida shtati Mayami shahrida politsiya xodimlari bankni o‘g‘irlashga harakat qilgan erkakni otib o‘ldirdi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.
Noma’lum shaxs moliya muassasasiga kirib, kassirga unda bomba borligini ma’lum qiluvchi xatni bergach, bankga kelganlar 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib politsiyaga xabar bergan. Guvohlarning aytishicha, tajovuzkor pul berilishini kutib o‘tirmasdan binoni tark etgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchini bankga yaqin bo‘lgan sartaroshxona binosidan topib olgan. Politsiya boshlig‘i Deniel Outsning ma’lum qilishicha, uning qo‘l ostidagilari jinoyatchidan bir necha bor binoni tark etishni talab qilgan. Ma’lum bir vaqt o‘tgach, yarim yalong‘och gumonlanuvchi ustara bilan qurollangan holda ko‘chaga chiqdi.
“Erkak ustara ushlagan qo‘lini tepaga ko‘targach, politsiyachilar unga qarata o‘t ochdi”, ― deya ta’kidladi Outs. Uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar formasiga biriktirilgan videokameralar bo‘lib o‘tgan voqeani qayd etgan. Bu videoyozuvlar hodisani tadqiq qilish uchun o‘rganib chiqiladi.
Gumonlanivchi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning shaxsi aniqlanmoqda.
Izoh (0)