Rossiya Tergov qo‘mitasi “Olimpiyskiy” sport kompleksi egalaridan biri Dmitriy Shumkovning “Moskva-Siti” majmuasidagi o‘limi yuzasidan tekshirish o‘tkazmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Ushbu hodisa yuzasidan tergovoldi tekshirishi o‘tkazilmoqda”, — dedi Tergov qo‘mitasi poytaxt bosh boshqarmasi rahbari yordamchisi Yuliya Ivanova.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Rossiyaning “Olimpiyskiy” sport kompleksi egalaridan biri Dmitriy Shumkov “Moskva-Siti”dagi ishchi kabinetida o‘z joniga qasd qilganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)