Bangladeshning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan ibodatxonada bomba portlashi oqibatida o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazildi. Politsiya xabar qilishicha, jinoyatchilar kamida uchta bomba portlatgan.
Huquq-tartibot xodimlari terakt sodir etishda gumon qilinayotgan uch kishini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabrda Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Husayn Dalan shialar masjidida yuz bergan bir qator portlashlar oqibatida 100 dan ortiq kishi jabrlangan edi.
Izoh (0)