“Real” klubi va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Karim Benzema sudda milliy jamoadagi sherigi, “Lion” yarim himoyachisi Matye Valbuenaning shantaj qilinishi bilan bog‘liq ishda aybsiz ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda sud majlisi bayonidan parchalarni e’lon qilgan Le Monde nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bu qandaydir katta tushunmovchilik. Men bor-yo‘g‘i Valbuena nimalar bo‘layotganini bilishini va unga yordam berishni istaganman. Biz Fransiya terma jamoasida birga o‘ynaymiz, u mening do‘stim va unga faqat yaxshilikni tilayman”, — deya ta’kidlagan Benzema. Futbolchi mazkur mojaro bo‘yicha batafsil 2-dekabr, chorshanba kechki payt Fransiyaning TF1 telekanali efirida gapirib berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya bosh vaziri Manuel Vals ushbu janjalni nazarda tutib, Karim Benzema milliy terma jamoadan chetlatilishi lozimligini bildirgandi.
Izoh (0)