Elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatilgan sharoitda Qrimning 320 mingdan ziyod fuqarosi alohida himoyaga muhtoj. Bu haqda Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qrim Respublikasida elektr energiyasi yetkazilishi to‘xtatilgan sharoitda alohida himoyaga muhtoj fuqarolar ro‘yxati tuzildi. Ushbu ro‘yxatga jami 323 ming kishi — nogironlar, ko‘p bolali oilalar, urush qatnashchilari, nogiron bolalari bor oilalar, keksalar kiritilgan. Barcha ijtimoiy xizmat muassasalari issiqlik, oziq-ovqat va elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Uyda qarov qilinayotgan fuqarolar doimiy kuzatuv ostida”, — deyiladi mazkur xabarda.
Izoh (0)